Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi tanlovi

«Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi » tanlovida 1-umumiy o’rta ta’limi maktabidan 3-nafar o’qituvchilarimiz qatnashib faxrli o’rinlarni egallashdi.  Jumladan Ingliz tili fanida Jumayev Sirojiddin 1-o’rinni egallab Respublika bosqichi ishtirokchisiga aylandi. Matematika fanida Jumayeva Ziyoda ishtirok etib Viloyat bosqichida 2-o’rinni egalladi.   Fizika fanidan Navro’zova Sohiba o’qituvchimiz ham ishtirok etib Viloyat bosqichida 2-o’rinni egalladi. Maktabimiz o’qituvchilari tamonidan o’rin egallagan o’qituvchilarimizga mukofotlari tantanali rafishda topshirildi.

Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi.

Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi ko’rik tanlovi uchun 1-maktab o’qutuvchilarimizni ro’yxatdan o’tkazish boshlandi.  Ushbu saytdan to’liq ro’yxatdan http://bit.ly/teacher-of-year-stat o’tdik. Hammalaringizga omad yor bo’lsin.

Bilimlar bellashuvi natejalari

Ingliz tili fanidan maktabimiz o’quvchisi I-o’rinni egalladi.

Matematika fan oyligimizda o’tkazilgan ochiq dars ishlanmalaridan na’munalar

Ro’ziboyev Sanjar o’qituvchimizning ochiq darsidan lavhalar.

 

 

Yangi yilingiz bilan

Hamma ustozlarni yangi 2019-yilingiz bilan tabriklaymiz. Kirib kelgan yangi yilingiz har biringizga baxt omod olib kelsin.

Yangi yilingiz bilan

Maktabimizda 14-yanvar vatan himoyachilari kuni bilan o’tkazilgan tadbir.

14- уanvar – Vatan himoyachilari kuni.

Maqsad:a) Vatan himoyachilari kuni haqida ma’lumot berish;
в) O’quvchilarni Vatanga,o’zbek xalqining buyuk siymolariga, vatan uchun jonini fido qilgan, shahid ketgan afg’on jangchilariga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni qiyinchiliklarga bardosh berishga, harbiylarning og’ir mashaqqatli mehnatini hurmat qilishga chaqirish;
s) Milliy iftixor tuyg’usi ruhida tarbiyalash.
Maktab faollar zali va sahnasi bayramona bezatilgan. Amir Temurning: «Askari qudratli mamlakat boy bo’lur”, «Kuch adolatdadir» kabi o’gitlaridan namunalar plakatlarda aks ettirilgan. Zalning bir tomonida “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir, “O’zbekiston qonunlari,” “Harbiylar hayotidan” kabi sarlavhalar ostida fotoko’rgazmalar tashkil etilgan. Ikkinchi tomonda esa “Vatan posbonlari”, “Biz munosib izdoshlarmiz” kabi mavzularda o’quvchilarning yozgan ijodiy ishlari, ma’ruzalari va rasmlari. Shuningdek, zal Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan devoriy gazetalar, rang-barang gullar va sharlar bilan bezalgan.
Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta’limi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla faollari, faxriy ustozlar va ota- onalar taklif etiladi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha direktor o’rinbosari tadbirni ochiq deb e’lon qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Tadbir qatnashchilari, taklif etilgan mehmonlar, o’quvchilar o’ng qo’lini ko’ksiga qo’yib, madhiyaga jo’r bo’ladilar.
Maktab direktori Vatan himoyachilari kuni haqida tushuncha berib, barchani bayram bilan qutlaydi.
Maktab direktori 1992- yil 14- yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekistonning o`z Qurolli Kuchlari tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 29 – dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni belgilash to’g’risida”gi qonunga binoan, 14 –yanvar- Vatan himoyachilari kuni,deb e’lon qilindi.
Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan harbiy islohatlar jarayonida qisqa muddat ichida O’zbekistonda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo’lgan zamonaviy,eng yangi qurol -yaroqlar va harbiy texnika bilan ta’minlangan mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.
Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakillangan qadimiy an`ana va qadriyatlari,buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi,Amir Temurning vatanga bo’lgan muhabbati va yurtga bo’lgan sadoqatida mujassamdir.
Albatta,biz o’z milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Barchalaringizni Vatan himoyachilari bayrami kuni bilan chin dildan tabriklayman. Sog’lik, omad, baxt sizni hech qachon tark etmasin.
( Maktab direktori tadbirga kelgan mehmonlar bilan tanishtiradi va so’zni tadbirni boshqarib boruvchi oquvchilarga beradi).

I-boshlovchi:
Assalom , armiyam, ulug’ ostonam ,
Onamday mehribon, qutlug’ ostonam!
Bag’ringda to’lamiz kuchga, quvonchga,
Bo’lamiz izmingda mardona har dam!

II boshlovchi:
Assalom, davrimiz olov yoshlari,
Buyuk kelajakning ijodkorlari!
Assalom, ertaning yaratguvchisi,
Yurtimiz shavkati, nomusi, ori!

I boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli o’qituvchilar va jamiyki davra ahli!
Bugun maktabimizda katta tantana,Mustqil O’zbekistonimiz vatan himoyachilarining, jasur va mard askarlarining bayramlari.
II boshlovchi:
Vatan himoyachilari davlatimiz xavfsizligi va xalqimizning tinch hayotini ta’minlaydilar. Yurt tinchligi vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog’liqdir.
Bayramingiz muborak bo`lsin,aziz harbiylar!
(Bir guruh harbiy kiyimdagi o’g’il bolalar shaxdam qadamlar bilan “Harbiylar qo’shig’i”ni kuylab,sahnaga kirib keladilar).
Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,
Gayrati Amuday jo’shar harbiylar.
Ona yurt – Turonda tinchlik yo’lida
Insoniy burchini o’tar harbiylar!

Naqorat:
Ey,dunyo nazari tushgan hur o’lka,
Sen bilan biz doim elkama-elka.
Yo’lboshching yonida kamarbastamiz,
Metinday mustahkam po’lat safdamiz.
Ahdimiz oqlshga burchli, haqlimiz,
Osuda, tinch yasha, ey yurt, xalqimiz!
Osmon-u falakda, hushyor harbiylar!
Sarhadda, izmida hushyor harbiylar!
Yomon ko’z, yovlardan elni asrshga
Kecha-yu kunduzi tayyor harbiylar!

Naqorat
Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,
Qudrati kundan – kun oshar harbiylar!
Adolat, Halollik, Tinchlik shiori,
Insoniy burchini o’tar harbiylar!

I – o’quvchi:
Salom, sizga, eng oily kalom,
O’zbekiston mard posbonlari!
Sizga ta’zim, sizga ehtirom,
Ey bahodir, pahlavonlari!
2 – o’quvchi:
O’z izmida hushyor hamisha
Ezgu ishga safarbar sherlar!
Eyr –u osmon, tog’, davon osha
Mard –u maydon muzaffar erlar!
3 – o’quvchi:
Yurtimning biz – jasur o’g’lonlarimiz,
Elimiz tinchligin posbonlarimiz,
Sergakmiz, hushyormiz kecha –yu kunduz,
Haq – u adolatning qalqonlarimiz.
4 – o’quvchi:
Istiqlol mayog’i porlagay abad,
Erkimiz tug’idan nurafshon hayot.
Bunyodkor, mehnatkash ona xalqimiz,
Otalar g’ururi bizga qo’sh qanot.
5 – o’quvchi:
Tog’ qadar yuksalsin shon – shavkatimiz,
Dovul yo’lin to’sgay kuch – qudratimiz.
Baxt –u farovonlik tutgan yo’limiz,
Jahonda omonlik shul ibratimiz.
6 – o’quvchi:
Biz,buyuk Turonning mard o’g’lonlari,
Hamisha adolat, haq qalqonlari.
Ona vatan uchun xizmatga shaymiz,
Yashnasin, gullasin yurt qo’rg’onlari!

I boshlovchi:
Endi e’tiborlaringizga vatan haqidagi rivoyat asosida tayyorlangan sahna ko’rinishini havola etamiz.
Rivoyatchi:
Qadimgi hoqonlar davrida Mote ismli yosh hukumdor yashagan ekan. Qo’shni hoqon uning yurtiga elchi yuboribdi.
Elchi: Hoqonimiz aytdilarki:”Siz sevimli tulporingiz – sutdek oq, muqaddas otingizni berar ekansiz, bermasangiz, yurtingizga urush qilamiz”.
Yosh hoqon: Menga yurtim, fuqarolarim tinchligi kerak. Shu bitta ot uchun urush qilmoqchi bo’lsang, olaqol.

Rivoyatchi: Mote yurt osoyishtaligi uchun tulporini berib yuboribdi.

Hoqon sevinib, yana elchisini yuborib, bu gal Motening kanizagini so’rabdi va niyatiga yetibdi.
Uchinchi gal elchi kelib, hukmdordan qarovsiz, biror giyoh o’smaydigan,yil bo’yi suvga zor bir parcha yerni so’rabdi.
Vazir va uning ayonlari sukut saqlab qolgan yosh hukumdorga shunday debdilar:“Hoqonim, Siz ulardan sevimli otingizni va kanizagingizni ayamadingiz. Mayli, o’sha bir parcha tashlandiq yerni ham beraylik.”

Hoqon: Yo’q tulpor, kanizak menga tegishli edi, berdim. Ammo bu bir parcha yer – vatan va uning uning sarhadlarida, ota – bobolar, navara – chevaralarning ham haqqi bor.
Ularning haqini boshqalarga berolmayman.
U yer –
Garchi o`sha bir parcha yer
Qizib yotar naq tandir.
Begona yer emas,
Bizlar uchun vatandir.

Rivoyatchi: Hukumdor bir parcha yerni dushmanga bermaslik uchun xalqini safarbarlikka otlantiribdi. Ona yurt ishqini yurakka joylab, jangga kirishgan qo’shinni ko’rib, ularning shiddatiga dosh berolmay dushman yengilibdi.

II boshlovchi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob 52 – moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdir. ”

(Askarlikka kuzatish marosimi ko’rsatiladi).
I boshlovchi:
Endigi tabrik so’zini yaqindagina harbiy xizmatni o’tab qaytgan askar yigit Anvarjondan eshitsak.
Harbiy askar: Vatan himoyachilari kuni muborak bo’lsin!
Men yaqinda harbiy xizmatdan qaytdim. Harbiy xizmatni o’tash har bir yigit uchun sharafli burchdir.
Davlatimiz tomonidan mudddatli harbiy xizmatni o’tab qaytgan askarlarga ko’pgina imtiyozlar berilgan. Jumladan, namunali xulqi, intelektual salohiyati, astoydil xizmati bilan boshqalarga o’rnak bo’lgan askarlarga oily o’quv yurtlariga kirishlari uchun tavsiyanomalar beriladi. Bunda ular oily ta’lim muassasalariga kirish uchun yig’ilgan maksimal ballning yig’ilgan 27 % iga imtiyozli ravishda ega bo’ladilar. Bu esa yurtboshimiz tomonidan biz askarlarga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor va g’amxo’rliklar samarasidir.
Bularning barchasi biz -yoshlarni ona – vatanimizni asrab- avaylashga , uning shuhratini yanada yuksaltirish yo’lida o’qib,izlanishga va hayotda o’z munosib o’rnimizni topishga undaydi.Men bundan faxrlanaman ( O’quvchilar harbiy askarga guldastalar taqdim etishadi).
(“Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi).
I boshlovchi: Endi harbiylar hayotidan qatra xandalar tomosha qiling.
Bir harbiy xizmatdan horib, charchab qaytib kelayotsa , yo’lda bitta shisha idish topib olibdi. Shisha og’zini ochgan ekan, undan bitta jin chiqib kelibdi.
U jindan so’rabdi:
– Sen haqiqatdan jinmisan?
-Albatta,xo’jayin.
-Hamma narsani qilishni,ayganlarimni uddalashni bajara olasanmi?
-Albatta,xo’jayin.
-Unda menga chet elga borish uchun bitta “zagranpasport”
qilib ber!
-Uch yuz dollor, xo’jayin!
-A?
-Ha. Hozir jinlar ham tadbirkor bo’lib ketishgan-ku!
II boshlovchi Har bir askar xizmati Vatanga qasamyod qilishdan boshlanadi va unga umrbod amal qiladi.
Sahna pardasi ochiladi. Sahna to’rining markazida harbiy xizmatga chaqirilgan askarning tik turgan davlat bayrog’i oldida tiz cho’kib, do’stlari yonida qasamyod qilayotgan payti tavirlangan.Uning yonida oq libosda turgan askar onasining Vatan himoyasiga otlangan o’g’lonlar uchun duoga qo’l ochib,oq fotiha berayotgani tasviri keltirilgan.
Ayni shu pallada ikki o’quvchi qo’lida guldasta bilan sahnaning ikki chekkasida turib she’r o’qiydi.
1- o’quvchi:
Shaxdam qadam ila olg’a bosarlar,
Bo’y- basti kelishgan,o’ktam o’g’lonlar,
Havas ila boqar sizga odamlar,
Xalqni baxt-la asragan,ko’ksi qalqonlar!
2- o’quvchi:
Tinchlik hukm surar yurt osmonida,
Anvoyi gullar bor bog’- bo’stonida,
Hamisha hushyordir yurt qo’rg’onida,
Mudom omon bo’lsin, bedor posbonlar!
( O’quvchilar “Botir askarlar ” qo’shig’ni ijro etishadi).
I boshlovchi: Endi sahnaga harbiylar sulolasi vakillarini taklif qilamiz.
Marhamat.
Ota va o’g’ilcha harbiy kiyimda shaxdam qadamlar ila sahnaga chiqib kelishadi.
O’g’il : Dadajon,askar akam
Qadam tashlar gurs, gurs, gurs
Vatanimga,xalqimga
Sodiqman deb began so’z.
Shundaymi?
Ota: – Shunday!
O’g’il : Men ularning ukasi,
Qanday bo’lishim kerak?
Vatan ishiga tayyor –
Bo’lib turishim kerak.
Shundaymi?
Ota: – Shunday!
O’g’il : Vatanimni, xalqimni
Ko’z qorachig’imdek asrayman.
Askar akamga o’xshab,
El ishonchin oqlayman.
Shundaymi?
Ota: – Shunday!
Ofarin,ota o’g’il,
Tilginangga bol -shakar,
Sen ham bir kun ulg’ayib,
Bo’lasan botir askar.

II boshlovchi: Yana sizlarni qatra xandalar tinglab, tomosha qilishga taklif etamiz.
Praporshik uyiga kelib xotiniga dedi:
– Qornim rosa ochiqdi, darhol olib kelgin ovqatingni.
Xotin unga nisbatan nolishini boshladi:
– Bugun shunday charchadim- ki! Kun bo’yi bir marta o’tirib turishga ham vaqtim bo’lmadi.
– Praposhikning xotiniga rahmi keldi va uni ikki yuz marta o’tirib turishga majbur qildi.
I boshlovchi:
Yurtimizda To’marisning avlodlari Barchinoyday shiddatli, shaxdli,qasamyodiga sodiq, ahdlari qutlug’ posbon libosini kiygan ayollarimiz talaygina. Biz ana shu elkalarida yulduzchalar porlab turgan xotin- qiz harbiylarimizni bugungi bayram ila quyidagi ash’or ila chin ko’ngildan tabriklaymiz. Doimo ular sog’ – salomat bo’lishsin, omad, baxt ularni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.
1- o’quvchi:
Baxtlisizlar, kun tun elga tinchlik so’rab,
Lekin doim yurolmaysiz kulib yayrab.
Yurtni ko’proq sevgim kelar sizga qarab,
El posboni libosin kiygan qizlar.
2- o’quvchi:
Elkangizda yulduzchalar porlab turar,
Sizni mudon yorug’likka chorlab turar.
Siz kulganda osoyishta olam kular,
El posboni libosin kiygan qizlar.
3- o’quvchi:
Siz- jasur malikasiz,jur’atlisiz,
Gulchehrasiz-hamda go’zal siyratlisiz,
O’rni kelsa,shamoldan ham shiddatlisiz,
El posboni libosin kiygan qizlar.
I boshlovchi:
Hurmatli mehmonlar,aziz ustozlar!Shu aziz vatan deb, el-u yurt tinchligini o’ylab,shahid ketgan marhum ota – bobolarimiz, akalarimiz xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashlaringizmi so’rayman.
II boshlovchi:
Jonlar fido Vatanga,
Bu gullagan chamanda.
Yuqtirmaymiz zarra gard,
Nomi aziz jon- tanga!
I boshlovchi:
Yog’diramiz ming rahmat
Onamiz, otamizga!
Omon qolmas yov, kalxat,
Suqsa bosh yurtimizga!
II boshlovchi:
Shuning bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyorlangan tadbirimiz o’z nihoyatiga yetdi.
E’tiborlaringiz uchun tashakkur! Doimo sog’ – omon bo’linglar!

Forum filologiya

11

 

22

2017-йилнинг 21-ноябр куни 1-умумий ўрта таълим мактабида ўтказилган “Китоб ярмаркаси ”

2017-йилнинг 21-ноябр куни 1-умумий ўрта таълим мактабида ўтказилган “Китоб ярмаркаси ”ҳақида

М А Ъ Л У М О Т

Ўзбекистон   Республикаси  Президентининг “Китоб  маҳсулотларини  чоп  этиш  ва  тарқатиш  тизимини  ривожлантириш,китоб  мутолааси  ва  китобхонлик  маданиятини  ошириш  ҳамда  тарғибот  қилиш  бўйича  комиссия  тузиш  тўғрисида”ги  фармойиши  ижросини  таъ-минлаш  ва  кутубхона  фондини  турли  мазмундаги  адабиётлар  билан  бойитиш  мақсадида  бизнинг  1-мактабимизда  ҳам  Навбаҳор  туман

Маънавият ва маърифат  бўлими билан ҳамкорликда

“Китоб ярмаркаси”  ташкил қилинди.

Китоб ярмаркаси   тадбири  давомида  ўқувчилар,ота-оналар,ўқитувчилар  ва  жамоат  ташкилотларидан  келган  китобхонлар  ўз  қизиқишларига  мос  китоблардан   3-5  тадан  харид  қилишди.  Харид  қилган  китобларидан  мактаб  кутубхонасига  ҳам  совға  қилишди.

Китоб  савдосига  келганлар  шундай  тадбирларни  тез-тез  ташкил  қилиб  туриш  таклифини  билдирганларидан  кўриниб  турибдики,тадбир  ҳаммага  бирдай  хушкайфият  бағишлади.

Китоб   бамисли   йўлимизни  ёритгувчи  шамчириоқдир,шундай  экан  азизлар  китобни  доимо  ўзимизга  ошно  деб  билайлик.

 

 

 

Мактаб директори:                       У. Саломов          

 

1111

Заҳириддин Муҳаммад Бобур bobomizning 528 yilligiga

Maktabimizda Заҳириддин Муҳаммад Бобур bobomizning 528 yilligiga

«Boburga ta’zim » mavzusida tadbir o’tkazildi.

бобур

Allomalar ijodi-yoshlarimiz nigohida

БезымянныйМамлакатимизда ёш авлодни улуғ аждодларимизнинг ўлмас мероси, миллий ва умуминсоний қадриятлар асосида тарбиялашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Ёшларнинг бу борадаги билимини бойитиш ва рағбатлантириш мақсадида кўрик-танловлар, маънавий-маърифий кечалар ўтказилмоқда, хусусан, Алишер Навоий ва Заҳириддин Муҳаммад Бобур меросини кенг ва атрофлича ўрганиш, уларнинг асарларида улуғланган ғоялар мазмунини халқимиз, айниқса, ёшлар онгига етказиш юзасидан бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.

Халқ таълими вазирлиги томонидан Алишер Навоий таваллудининг 576 йиллиги ва Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 534 йиллиги муносабати билан умумтаълим мактабларида “Навоийхонлик” ва “Бобурхонлик” ойлиги ўтказилмоқда.

Таълим муассасаларида буюк бобокалонларимиз ижодий меросига бағишланган адабий кечалар, маънавият соатлари, маърифий тадбирлар ташкил этилмоқда. “Буюк аждодларни ёд этиб…” мавзусида адабиёт, шеърият байрамлари, мушоиралар ўтказилмоқда. Ёзувчи ва шоирлар, маънавият ва адабиёт фидоийлари иштирокидаги ушбу тадбирларда Алишер Навоий ҳамда Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳаёти, фаолияти, ижодий меросининг аҳамияти кенг тушунтирилмоқда.

Шунингдек, ойлик давомида умумтаълим мактабларининг она тили ва адабиёт фани ўқитувчилари ўртасида “Навоий ва Бобур асарларида халқ манфаатлари, инсонпарварлик ғояларининг тараннум этилиши” мавзусида тақдимотлар, ўқувчилар ўртасида “Биз Навоий ва Бобур ижодини қанчалик биламиз”, “Навоий ва Бобур асарлари ўқувчилар нигоҳида”, “Бир ғазал таҳлили” мавзусида билимдонлар беллашувлари, юқори синф ўқувчилари ўртасида “Навоий асарларидан олган таассуротларим”, “Навоий лирикаси шайдосиман”, “Фарҳод мен севган қаҳрамон”, “Бобурномани ўқиб…”, “Бобур рубоийларидан олган таассуротларим” каби мавзуларида ижодий иншолар танлови ўтказилмоқда. Қолаверса, 9 февраль куни республикамиздаги умумтаълим мактабларида “Навоий буюк сиймо, Бобур дилбар шахс” мавзусида адабий-бадиий кеча ўтказилиши режалаштирилган. Бу тадбирларда Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасидан шоир ва ёзувчилар, Навоий ва Бобуршунос олимлар, санъаткорлар иштирок этади. Бу каби тадбирлар ёш авлоднинг билим ва савияси, тафаккурини янада кенгайтириш ва бойитишда алоҳида аҳамият касб этмоқда.

Ойлик доирасида Президентимизнинг “Китоб маҳсулотларини чоп этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғибот қилиш бўйича комиссия тузиш тўғрисида”ги фармойишига асосан мактабларда китоб кўргазмалари ташкил қилиниб, таниқли ёзувчилар, ёш ижодкорлар ва ўқувчи-ёшлар иштирокида адабий-бадиий кечалар ўтказилади.

Шунингдек, навқирон авлод қалбида китобга меҳр уйғотиш, уларнинг мутолаа маданиятини юксалтириш мақсадида ўқувчилар ўртасида илк бор “Оламни китобларга тўлдирамиз” шиори остида “Китоблар эстафетаси” тадбири ташкил этилади. Унга кўра, ўқувчиларга миллий ва жаҳон болалар адабиётининг нодир асарлари мутолаа учун тақдим қилинади. Ўқувчи китобни ўқиб бўлгач, уни ўзининг энг яқин ўртоғига, у эса бошқа ўртоғига тақдим этади ва шу тарзда ўқувчилар орасида китоб галма-гал айланиб чиқади ва ундан барча ўқувчилар баҳраманд бўлишади.

Мазкур маърифий тадбирлар ёш авлод билимини бойитиш, тафаккурини чархлаш, маънавиятини юксалтириш, миллий адабиётимизга, китобга бўлган меҳрини янада кучайтиришга хизмат қилиши шубҳасиз.

Non isi

Sinf  1                                                    Sana 13.01.2017y

Fan:   O`qish.

Mavzu:  “Non  isi” rivoyat.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy   maqsad:                             “Non  isi” rivoyatini o‘qish jarayoni dayoritilgan  voqealar tafsilotining asosiy jihatlarini bolalar ongiga to’lig’icha yetkazish, ularni barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun go’zal urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni murg’ak qalbiga singdirish.  Keksalarni  hurmat-izzat qilishga, ularning pandu nasihat va o’gitlariga   o’z   hayotlari davomida amal qilishga o’rgatish  hamda , Alisher Navoiyning kim ekanligi, uning  qanday oliy janob xususiyatlarga ega ekanligi haqida tushuncha berish;

Tarbiyaviy maqsad:Donolar nong donosi  bo`lgan  bobomiz  A.Navoiyning xalq  uchun qilgan g`amxo`rliklari, ularnig , turmush  tarzlarini  yaxshilashga qo`shgan hissalari,. “Non isi ”rivoyatini o‘qish orqali ona Vatanga, uning har zarrasiga hurmat ruhi bilan qarash, tabiatni sevish, sog’lom va barkamol bo’lib yetishish shartlari haqida tushuncha berib, oliyjanob qilib tarbiyalash;Dars davomid  do’stona muhit yaratishga erishish.

Rivojlantiruvchi  maqsad: Yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni  shakllantirish, mustaqilfikrlashga, o’z fikrini erkin ifoda etishga o’rgatish,o`qish ko’nikmalarini rivojlantirish. So’zlashuv odobiga, suhbat asnosida so’zlarni o’z o’rnida qo’llashga o’rgatish.

Darsning turi:  Yangi bilim beruvchi, Navoiy hikmatlaridan o`qish.

Darsning  metodi:  Davra suhbati, interfaol

Darsning jihozi: Darslik, A.Navoiyning rasmlari, multimediya

Darsning  borishi:

Salomlashish. Davomatni  aniqlash. O`tgan  mavzuni mustahkamlash.  Buyuklar  Vatani mavzusida egallagan bilimlari asosida savol-javob o`tkazish.A.Temur, Zahriddin   Muhammad  Bobur, Mirzo  Ulug’bek, Abu Ali ibn  kabi  allomalar  haqida ma’lumotlar  almashish orqali o`quvchilarni qadriyatlarimizni qadrlashga undash.

O’qituvchi:Bolalar, hozir guruhlarga bo’linamiz va  mashg’ulotni davom ettiramiz. Biz guruhlarimizni ham eng go’zal  insoniy  xislatlar  deya  sanab  o’tganimiz –

«A.Navoiy» – I – guruh

«Z.M.Bobur»- II – guruh

«A.Temur»- III – guruh  nomi  bilan  ataymiz.

Yangi mavzuni bayoni.

  1. Mavzu elektrondarslik  orqali  monitorda o’qib   eshittiriladi. Voqealar tafsilotiga esa alohida to’xtaladi. Matndagi  ilgari surilgan asosiy g’oya o’quvchilar bilan savol-javob  orqali ochiladi va undan to’gri  xulosa chiqarib,bolalarni mukammal insoniy xislatlar egasi bo`lishga  da’vat  etiladi.
  2. Kitob bilan ishlash.

Lug’at  asosida  yangi  so’zlar  ustida alohida  ishlanadi.

Xushbo’y  narsa–      hidli, eng  yaxshinarsa

Vazir–                   podshoning  yordamchiari

Boshlari qotishibdi–   o’ylab  qolishibdi

Istayotgan edim–      xohlayotgan  edim

  1. Kitobdan o’quvchilar tushunishi birmuncha qiyin bo`lgan so’zlar qayta  o’qiladi  va mazmuni  tushuntiriladi.

4.Guruhiy  topshiriqlar.

“Non isi” nomlirivoyat A.Navoiy  haqidagi hikoya  sizga yoqdimi.

O’quvchilar   javobi  tinglanadi  va  tengdoshlari tomonidan  to’ldiriladi.

Eng    asosiysi,  ularning  erkin,  mustaqil  fikriga  ahamiyat qaratiladi.

Guruhlar uchun alohida topshiriqlar:

1-guruhga

Buyuk  allomalar haqida ma’lumot berish:

  1. Amir Temur.
  2. Alisher Navoiy.

З.    Mirzo  Ulug’bek.

2-guruhga

Savollarga javob berish.

1.Podshoh   Husayn   Boyqoro vazirlariga qanday topshiriq  berdi?

2.Vazirlarning   nega  boshlari qotishdi vakimning oldiga borishdi?

3.A.Navoiy vazirlarga podsho uchuun nima olib borishlarini   maslahatberdi?

3-guruhga

Sahna  ko`rinishi orqali voqea tafsilotini shoirning  donoligi, topqirligi, do`stiga nisbatan vafodorligi ijro etiladi.

“Non  isi” sahna  ko`rinishi.

Guruhlarga  2-topshiriq.

Krossvord  yechish.

Krosvordda buyukallomalar  nomlar ihosil  bo`ladi.

1-guruhga.

Alisherning  taxallusi.

Donolarning  donosi ………….. Navoiy.

Uy  bezagi.

Aziz   inson.

Uy  hayvonidan  biri.

Tunni  yoritar.

2-guruhga.

Qishdan  keying  fasl.

Inson  uchun  zarur  ne`mat.

Yomg`ir  yog`ishdan  oldin  osmonda  paydo  bo`ladi.

O`quvchilar …………. bo`lindi.

Deraza, ……..

3-guruhga.

Vaqt  o`lchov  birligi.

…….. deb, yurtim  deb  yashash  kerak.

Ustoz – …………..

Otasi  bukri  xo`ja

Onasi  yapaloqoyim

Bolasi   shirin-shakar

Kichkina  dekcha, ichi  to`la  mixcha.

Guruhlar   o’z   topshiriqiarini  bajarib  bo`lgach  “Aqlcharxi” mashqio`tkaziladi.

Kompyuter  monitorida yozilgan allomalar nomlari har  uchchala  guruh  o`quvchilaridan  so`raladi.

Beruniy,  Xorazmiy,  Bobur,  Lutfiy, Mirzo  Ulug`bek, Abu  Ali  Ibn  Sino, Abu  rayhon  Beruniy, At  Termiziy.

O`quvchilarning   o`qish  texnologiyasini  kuzatish  uchun   mavzu  qisqa-qisqa hamma o`quvchilarga o`qitiladi.

Navoiy  hikmatlaridan  so`rash.

Bilmaganni  so`rab  o`rgangan olim,

Orlanib  so`ramagan  o`zigazolim.

Olamdan g`amsiz o`tay desang

Ilm -u hunar o`rgan.

Sabr  bila  ko`p bog`liq ish ochilur

Ishda  oshiqqan ko`p toyilur.

Guruhlar o`ztopshiriqlarini bajaribbo`lgach, darsning yakuniy bosqichiga o`tiladi.

Topshiriqlarni a’lo darajada bajargan, vaqtdan unumli foydalangan guruha  ‘zolari  alohida   rag’batlantiriladi.

O’quvchilarning  olgan  baholari  e’lon  qilinadi.

Uyga  vazifa  qilib  mavzuni  o’qish. “Non isi”  rivoyati, A.Navoiyning  g`azal  varuboiylaridan  yodlash.

 

14-yanvar vatan himoyachilari kuni

 

 

20170113_133739 20170113_135442 20170113_135943 20170113_135550

Навбаҳор туман ХТМФМТТЭБга қарашли 1-умумий ўрта таълим мактабида

14 январь – “Ватан ҳимоячилар куни” муносабати билан “Ватан ҳимояси йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир”мавзуси бўйича ўтказилган йиғилиш

Б  А  Ё  Н  И

    13 январ  2017 йил                                                      Навбахор   маҳалласи

Йиғилиш раиси                                 С Муродова

Йиғилиш котиби                               У Саломов

Йиғилишга мактаб педагогик жамоасининг  48  нафари қатнашди

КУН ТАРТИБИ:

Мавзу: 14 январь – “Ватан ҳимоячилар куни” муносабати билан “Ватан ҳимояси йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир”                                                 

Э Ш И Т И Л Д И:

Маърузачи мактабимиз ММИБДЎ У Саломов сўзга чиқиб “Ватан ҳимоячилар куни” муносабати билан жамоамиз эркак ўқитувчиларини қуролли кучларимизнинг 25-йиллигига табрикнома эълон қилди.слайт асосида армиямизнинг мардоновор жасаротлари, кўрсатиб ўтилди.

Хозирги кунда “Аср вабоси” каби ёйилиб бораётган тероризимга қарши жасорат кўрсатган харбийларимиз ёт этилди.  (маъруза матни илова қилинади).

Юқоридагиларни ҳисобга олиб йиғилиш

                                     Қ А Р О Р     Қ И Л А Д И:

  1. Мактаб мактабимиз ММИБДЎ У Саломовнинг маърузаси маълумот учун қабул қилинсин.
  2. Барча фан ўқитувчилари ва синф раҳбарларига:

– Мактаб ўқувчилари ва кенг жамоатчилик орасида 14 январь – “Ватан ҳимоячилар куни” муносабати билан “Ватан ҳимояси йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир”маърузаси  юзасидан тушунтириш, тарғибот ва ташвиқот ишларини олиб бориш;

  1. Ушбу қарорнинг ижросини назорат қилиш вазифаси мактабнинг Маънавият ва маърифат Кенгаши раиси ўринбосари У Саломов зиммасига юклатилсин.

Йиғилиш раиси:                         С Муродова

 Йиғилиш котиби:                      У.Саломов

 1-умумий ўрта  таълим мактабининг спорт залида ўтказилган мен ватан посбониман  шиори остида маҳаллалар ўртасида йигитлар беллашуви ўтказилди.Мен ватан посбониман  “Ю.Бешработ”МФЙ  жамоаси  иштирокчилари Эрназаров С , Хасанов О, Амандуллаев Б, Жўраев С, ОлимжоновБ, Жуматов Ҳ “Бешработ”МФЙ жамоаси иштирокчилари  Жўрақулов Х, Бобоноров О, Пармонов С, Файзуллаев О, Тошпўлатов Н,Санақулов С. “Келачи”МФЙ  жамоаси  иштирочилари Ёрқулов Ш, Ғаффоров Ғ, Сиддиқов М,Тўйқулов Х, Эргашбоев Т, Амриддинов Д.  “Кўҳрон”МФЙ  жамоаси  иштирокчилари Эргашбоев Б, Низомов М, Маннонов С, Зокиров У,  Ризоқулов Х, Сафоев А.

Жамоалар  4та шарт бўйича беллашдилар

  • Шарт турниккатортилиш
  • Шарт турган жойда  узунликка сакраш
  • Шарт 8 кг тошни кўтариш
  • Шарт армреслинг

1-шарт буйича “Ю.Бешработ”МФЙ  жамоаси ғолиб чиқди.

2-шарт буйича “Кўҳрон”МФЙ  жамоаси ғолиб чиқди.

3-шарт буйича “Кўҳрон”МФЙ  жамоаси ғолиб чиқди.

4-шарт буйича  “Кўҳрон”МФЙ  жамоаси ғолиб булиб.

Мен ватан посбониман тадбир иштирокчилари шартлар бўйича 1-ўринни  “Кўҳрон”МФЙ  жамоаси. 2-ўринни “Бешработ”МФЙ жамоаси 3-ўринни “Ю.Бешработ”МФЙ  жамоалари қулга киритиб мактаб маъмурйати томонидан қиммат бахо совғалар билан тақдирландилар. 

14-январ Ватан ҳимоячилари  куни ва қуролли кучларининг ташкил топганлининг 25-йиллиги муносабати билан 4-б  синф ўқувчилари ўртасида  “Мен  аскар бўламан” мавзусида иншолар танлови бўлиб ўтди.Танлов натижаларига кўра 1-ўринни Ҳамроев Шахзод 2-ўринни  Қодирқулова Мохларойим 3-ўринни Ҳамдамов Бекзод   эгаллади . Ғолиб  ўқувчилар  совғалар  билан  тақдирландилар.  

Maktabim

Безымянный111

Bugun o’qituvchilarimiz II-toifadan o’tmoqda

Bizning bugun maktabimizda o’qituvchilarni bilim darajasini belgilash maqsadida toifadan o’tkazilmoqda.  Toifadan o’tadigan o’qituvchilarimiz juda ham yaxshi tayyorlikka egalar.

WordPress Themes